⚡️Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Endi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli testdan so‘ng tanlanadi

Prezident Farmoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

🗓birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

📝 o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi;

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Forwarded from Kosonsoy Matematiklari
Test - 383

Sinfdagi 35 ta o'quvchidan 28 tasi suzish bilan qatnashadi 14 tasi voleybol bilan qatnashadi. Agar har bir o'quvchi , hech bo'lmaganda 1 ta sport turiga qatnashsa , ikkala sport turiga qantashadigan o'quvchilar necha foizni tashkil etadi?
Anonymous Quiz
24%
25
39%
20
29%
15
8%
18
Forwarded from Kosonsoy Matematiklari
Test nomer - 384

Birinchi son 60 ga trng ikkinchi son birinchi sonning 80% ni , uchinchi son esa birinchi va ikkinchi son yig'indisining 50% ni tashkil qiladi . Bu sonlarning o'rta arifmetigini toping. [ @kosonsoy_matematiklari ]
Anonymous Quiz
20%
48
37%
50
33%
54
10%
81
Fan : Matematika
💻Muallif: Rajabov Bekzod
😄Bot : @yangitesttekshirbot
Test Kodi : 4605

Reaksiya qoldiring




@Fizika_matematika_onlayn
@majburiy_matematika_test
@kosonsoy_matematiklari
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Bugun qabul boshlandi
#abituriyent

Bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tish boshlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.


👉 @Fizika_matematika_onlayn 👈
Forwarded from Kosonsoy Matematiklari
Test nomer - 385

a ning b ga nisbati 4:5 kabi , b ning c ga nisbati 7:8 kabi c ning necha foizini a tashkil qiladi? [ @kosonsoy_matematiklari ]
Anonymous Quiz
28%
80
36%
50
29%
70
7%
75
Assalomu alaykum kanalimiz obunachilari 14-kuni GOST imtihonim borligi sababli kanalimizga postlar joylay olmayapman. Imtihonga tayyorgarlik ketmoqda. In Sha Alloh duo qilib tursanglar " Bakalavriat bosqichini " yakunlab imtihondan oʻtsam albatta kanalimiz yana aktivligini oshirib Abituriyentlarimizga yangi maʼlumotlar bilan kuchli boʻlib qaytamiz

🤲🤲🤲🤲🤲🤲
FIZIKA va MATEMATIKA | BEKZOD RAJABOV 💠 pinned «Assalomu alaykum kanalimiz obunachilari 14-kuni GOST imtihonim borligi sababli kanalimizga postlar joylay olmayapman. Imtihonga tayyorgarlik ketmoqda. In Sha Alloh duo qilib tursanglar " Bakalavriat bosqichini " yakunlab imtihondan oʻtsam albatta kanalimiz…»
Дарсдан сўнг...

Кимнидир койиди чеккани учун.
Тортиб олиб қўйди гугуртини ҳам.
Машқ дафтарларини йиғди-да, сўнгра
Бир-бир санаб кўрди. Етти дафтар кам.

«Ҳар гал шундай аҳвол. Уялмайсизми?
Келасиз ўқишмас, қилиш учун сайр.
Бу сафар ҳам икки қўймай тураман,
Эртага қолганлар топширсин. Хайр».

Қиш куни — бир тутам. Қорайганди қош.
Иккиланди. Ўтмак керак, ахир, қирдан.
Эри ҳам келмади олиб кетишга
«Кўнгли совидими...» — ваҳм этди бирдан.

Ҳамкасб дугонаси қистовга тутиб,
«Тунаб кетинг, — деди. — Кеч бўлиб қолди»
Кўнмади. Қўлтиқлаб машқ дафтарларни
Уйга ёлғиз ўзи яёв йўл олди.

Овул тугаб, энди қирга чиққанда
Оқшом қуюқ эди, атроф сим-сиёҳ.
Йўлдан қайтмоқчи ҳам бўлди бир ўйи.
«Ўғлим хасталаниб қолдимикан ё...»

Юрагини баттар ваҳима босди,
Қамради тундан ҳам баттар бир қўрқув.
Ўнқирми, чўнқирми, ўрми, қир демай
Яна кетаверди, кетаверди у.

Мудҳиш бир шарпани илғади ногоҳ,
Разм солса қашқир. Қиларди таъқиб,
Эслади йиртқичнинг қўрқишин ўтдан,
Изига бир дафтар ташлади ёқиб.

Қашқир тўхтаб қолди. Сўнг — яна, яна,
Муаллима омон топган бу олов
Йиртқичга берарди иложсиз сабр.
Йўловчи — ёқарди, қашқир — тўхтарди,
Тин оларди икков ҳар дафтарда бир.

Йўл узоқ, тун қаро, қашқир эса оч,
Оч йиртқич биларми надир садоқат.
Уйга яқин қолган вақтда тугади
Муаллимда дафтар, қашқирда — тоқат.

Уввос фиғон тутди қишлоқни тонгда,
Замин аза очди, замон йиғлади.
Дафтар топширмаган етти ўқувчи
Ҳаммадан ҳам ёмон йиғлади.

Нўноқ назмим учун афв эт, халқим,
На олим, на фозил, на сўз пириман.
Ўз вақтида дафтар топшира олмай
Қолган болаларнинг бириман.

Мен яхши биламан, тумор қилмайди
Ёзган шеърларимни ошиқлар.
Мен яхши биламан, қўшиқларим жўн,
Биламан, булар бир оддий машқлар.

Лекин... кетмакдасан келажак сари
Тап тортмай қисматнинг дашт, қирларидан.
Ўзимча асрагим келади сени
Ёвузлик, хиёнат қашқирларидан.

Мен машқ бажараман, ёзаман ҳар кун
Дараклар, сўроқлар, хитобларимни.
... Сен йўл бўйи ёқиб ташлаб кетавер
Қашқирлар қўрққувчи китобларимни...

- Матназар Абдулҳаким
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun qayta tasdiqlangan fanlar majmuasi abituriyentlarga qulay shaklda taqdim etilmoqda.
Forwarded from Ona tili va Adabiyot Samarqand (Sherzod Abduxalimov)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alhamdulillah 😊....
4 yillik mehnat nihoyasiga yetdi. Universitetni bitirdim. Shu 4 yil ichida Oʻzbekiston Milliy Universiteti menga koʻp narsalarni oʻrgatdi. Barchasi uchun raxmat ustozlar 🥲
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum barchangizga "Qurbon Hayiti" muborak boʻlsin. Yurtimiz tinch boʻsin. Barchamizni ilmimizni ziyoda qilib faqat umrimizni barokatli qilsin Allohim 🤲
Forwarded from Super Fizika
ELEKTR 1-TEST.pdf
282.6 KB
Elektr bo'limidan 30 talik test.

Kanal linkini saqlagan holda xohlagancha tarqatib xohlagancha chiqartirib foydalanishlaring mumkin😇

👉 @superfizika_1 👈
Forwarded from LinguaLift
🚀 Ingliz tili va IELTS kurslaridan eng sara videodarslarga olg'a!

LinguaLift — 10 yillab tajribaga ega ustozlar tomonidan Ingliz tili 0 dan to IELTSgacha kurslar TEKINGA!

Loyihaga qo'shilish orqali, qiymati 2 milliondan oshiq videodarslarni yutib oling!

Sizga ham qatnashishni tavsiya qilaman 👇
2024/06/20 04:35:56
Back to Top
HTML Embed Code: